Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod vatan
Блог им. maktabsanosh
Allohga shukurlar bo’lsinkim, yurtimiz tinch, vatanimiz ozod, xalqimiz farovon. Bugun O’zbekiston atalmish diyorimiz mustaqilligining yigirma birinchi davomidamiz. Bu 21 yil ichida O’zbekiston mustaqil Respublika bo’lib jahon xaritasiga kirdi. Butun dunyo O’zbekistonni tanidi, tan oldi, uning o’z mustaqil yo’li, o’z kuchli ijtimoiy tizimi va hech kimga o’xshamagan iqtisodiy rivojlanish yo’llari borligini e’tirof etdi. Bunday e’tibor va e’tiroflar o’z-o’zidan bo’lgani yo’q. Bunga jahon minbarlarida ozod O’zbekiston haqida so’zlagan, o’z zamondoshlarini tinimsiz ozodligni, mustaqillikni himoya qilishni, unga jon fido etishni da’vat etib turgan Prezidentimiz Islom Abdug’anivich Karimovning xizmatlari beqiyos.
Joylarda “Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan” shiori ostida turli xil festival – tadbirlar, tanlovlar va mushoiralar o’tkazildi. Bularning bari biz yoshlarning barkamol va komil inson bo’lib voyaga yetishishimiz, shu yurt, shu xalq uchun jon fido bo’lib yashashimiz uchun qilinayotgan islohotlardir. Ushbu “Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan” shiorining o’zida chuqur ma’no yashiringan. Bundagi “taqdirimsan”, “baxtimsan” so’ziga asosiy urg’u berilgan. Chunki bu Vatan, bu ozod Vatan bizning taqdirimiz, taqdirimizda belgilangan baxtimizdir.
Mehr — oqibatli bo’lish va yaxshilik qilish, yaxshi xulq va bilim egasi bo’lish davlat siyosati darajasida ko’tarilgan. Vatanimizda biz yoshlar uchun qanchadan –qancha imkoniyatlar eshigi ochiq. Xalqimizda ajoyib bir maqol bor. Menga buni, ayniqsa, bobojonim ko’p ta`kidlaydilar. “Yaxshi niyat — yarim davlat”. Niyatlaringiz qanchalik pokiza, samimiy, chin dildan bo’lsa, sizga taqdir qilingan ishlarning yarmi amalga oshgan hisoblanarkan. “Ana endi yarim davlating bor, uni butun qilish uchun faqat harakat va izlanishda, mehnat va mashaqqatda toblansang, albatta, o’zing orzu qilgan shaxsga aylanasan”, — deydilar. Bu niyatlar meni faqat yaxshi niyatli, ezgu tilakli bo’lishimga, orzularimning amalga oshishida tinmay izlanishlar olib borishga undaydi.
Insonning manfaatlari ustuvor sanalayotgan el salomatligini mustahkamlash, ayniqsa, ona va bola sog’ligiga alohida etibor bilan qaralayotgan yurtning kelajagi buyuk bo’lishi shubhasiz. Men kelajakda zo’r dorishunos bo’lmoqchiman. Kasalliklarni bartaraf etuvchi ya`ni dori navlarini yaratib, o’zbek dorishunoslarini jahonga tanishtirmoqchiman. Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino yo’llaridan borib dorixonam nomini “Ibn Sino madadi” deb nomlamoqchiman. Buning uchun barcha fanlardan a`lo baholarga o’qishga harakat qilyapman.
Taqdirimda shunday kunlarni ko’rishimda eng avvalo menda barcha sharoit bor. Oppoq orzularimning amalga oshishida meni hammadan ham aqlli, dono, baxtli bo’lishiga kuch g’ayrat bag’ishlovchi Prezidentim bor. Taqdirim osmonida faqat baxt yulduzlarini porlab turishiga imkon yaratuvchi Vatanim bor.
El eski avlod suyagi qotgan, o’rta bo’g’in ularga moslashgan, yangi hur navqiron avlod, ya`ni biz yoshlar taqdirimiz va baxtimiz bo’lgan erkin va obod Vatan kelajagini bundanda yuksaltiramiz. Mustaqillik qasrining poydevorini mustahkam qilib quramiz.
Orzularim eng oppoq
Oq tulpordek uchaman.
Vatanim senga doim
Sodiq farzand bo’laman.
Ota-onam umidi
Suyanchig’i bo’laman.
Katta –kichikka shifo
Tilaguvchi bo’laman.
Bunda mening baxtimsan,
Taqdirimsan, Vatanim!
Hayotim naqshin chizgan
Saodatim Vatanim!
Hech kimdan kam bo’lmaydigan
Farzand bo’lib o’saman
Ham ma’naviy, ham jismoniy
Sog’lom bolang bo’laman.
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani XTMFMTTEB 12-umumta’lim maktabining 8-sinf o’quvchisi Fayzullayeva Xadicha Bahodir qizi.